Kilian Mbappe "Real" safida yana gol urdi.
"Qaymoqranglilar" forvardi La Liga 16-turi doirasida "Alaves"ga (1:0, tanaffus) gol urdi. Fransiyalik futbolchi o‘ng oyog‘i bilan jarima maydoni markazidan darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi.
Bu futbolchining joriy kalendar yildagi 63-goli bo‘ldi. U klub safida 56 ta, terma jamoa safida 7 ta gol urgan.













