Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Modrich The Best-2025 sovrini uchun kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

Modrich The Best-2025 sovrini uchun kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda ishtirok etdi.

The Best marosimi seshanba kuni bo‘lib o‘tdi, ovoz berish natijalariga ko‘ra "PSJ"dan fransiyalik Usmon Dembele g‘olib bo‘ldi. "Milan" sharafini himoya qilayotgan 40 yoshli Modrich o‘z reytingida birinchi o‘rinni "PSJ"ning boshqa bir vakili Vitinyaga bo‘shatib berdi. Xorvatiyalik futbolchi ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini Dembele, uchinchi pog‘onasini esa "Barselona" vakili Lamin Yamal egalladi. E’tiborlisi, Luka joriy yilning yozigacha Madridning "Real" klubida birga to‘p tepgan Kilian Mbappe kuchli uchlikdan o‘rin olmadi.

Qizig‘i shundaki, Modrich eng yaxshi darvozabon sifatida "Real"dan Tibo Kurtuani emas, balki Janluiji Donnarummani tanladi. Belgiyalik ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchlikni Alisson Beker yakunlab berdi.

Kiritildi: 02:26, 17.12.2025.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.