Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi murabbiyi bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi murabbiyi bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Baho:
+ | -

“Katta dubulg‘a” turnirlarining olti karra g‘olibi, jahonning birinchi raqamli raketkasi hisoblangan ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras murabbiyi Xuan-Karlos Ferrero bilan hamkorlik yakunlanganini e’lon qildi.

“Buni yozish men uchun juda qiyin. Yetti yildan ortiq birgalikda ishlaganimizdan so‘ng, Xuan bilan hamkorligimizni yakunlashga qaror qildik. Bolalikdagi orzularimni haqiqatga aylantirganing uchun rahmat. Biz bu yo‘lni men bolaligimdagi orzularim bilan boshlagan edik. U doimo menga yaqin bo‘ldi — kort ichida ham, tashqarisida ham.

Biz cho‘qqiga chiqishga muvaffaq bo‘ldik va men his qilamanki, bizning yo‘llarimiz aynan shunday ajralishi kerak edi. Chunki men shu joydaman — biz erishishga intilgan maqsad bilan birga. U meni nafaqat sportchi, balki shaxs sifatida ham tarbiyaladi. Bizning birgalikdagi ishimizni juda qadrlayman. Endi ikkimiz uchun ham o‘zgarishlar va yangi sarguzashtlar, yangi loyihalar davri boshlandi. Lekin men ishonamanki, biz har doim yorqin g‘alabalar uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Senga butun qalbim bilan eng yaxshilarini tilayman. Men xotirjamman, chunki biz bir-birimizga berishimiz mumkin bo‘lgan narsalarni bera oldik. Hammasi uchun rahmat, Xuan!” — deya yozdi Alkaras ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

2025 yilgi mavsumda Karlos Alkaras ikkita “Katta dubulg‘a” turnirini yutdi — Roland Garros va AQSH Ochiq chempionati (US Open), shuningdek, uchta Masters musobaqasida g‘alaba qozondi (Monte-Karlo, Rim va Sinsinnati) hamda uchta ATP 500 toifasidagi birinchilikda zafar quchdi.

Avvalroq, Alkaras uch yil ichida ikkinchi bor Stefan Edberg nomidagi “Halol o‘yin” mukofotiga sazovor bo‘lgani xabar qilingan edi.

Ushbu nominasiyada Karlos kanadalik Feliks Oje-Alyassim, bolgariyalik Grigor Dimitrov va norvegiyalik Kasper Ruudni ortda qoldirdi. Nomzodlar Xalqaro tennis jurnalistlari assosiasiyasi (ITWA) tomonidan ovoz berish orqali aniqlangan bo‘lib, g‘olib ilk bor dunyoning amaldagi va sobiq birinchi raketkalari bo‘lgan 29 nafar tennischi tomonidan tanlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:39, 17.12.2025.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик