"Everton" klubi qanot hujumchisi Jek Grilish jamoadoshi Iliman Ndiayening saviyasiga yuqori baho berdi.
"Ndiaye – Premyer-ligadagi eng texnik o‘yinchi. Agar sof mahorat haqida gapiradigan bo‘lsak, ha. Masalan, Saka juda yaxshi, u dunyodagi eng yaxshi vingerlardan biri", dedi Grilish.
Joriy mavsumda senegallik vinger barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Everton" Angliya chempionatining 16-turidan keyin 24 ochko bilan turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.













