Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

“Brentford” ustozi: “Abduqodir Husanov qizil kartochka olishi kerak edi”

“Brentford” ustozi: “Abduqodir Husanov qizil kartochka olishi kerak edi”

Baho:
+ | -

Angliya Liga Kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” “Brentford”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Kit Endryus o‘yin haqida fikr bildirar ekan, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovga qizil kartochka berilmaganini aytdi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.

“Men har doim hakamlarni himoya qilishga tayyorman; bu juda qiyin ish. Biroq, bu vaziyatda ular xato qildi. Voqeani qayta ko‘rib chiqdim. Shade darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. Biroq raqib futbolchisi qo‘pol harakat bilan uni to‘xtatib qolgan. Bunday holatda o‘yinchiga qizil kartochka berilishi kerak edi. Agar hakam bu vaziyatda qizil kartochka berganida, bu bizga katta ustunlik bergan bo‘lar edi”, deydi irlandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” hamda “Brentford” o‘rtasidagi bahsning 16-daqiqasida Abduqodir Husanov raqib futbolchisi Kevin Shadega nisbatan qo‘pol harakat qildi. Uchrashuv hakami o‘zbekistonlik futbolchining ushbu harakati uchun sariq kartochka bilan jazoladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:46, 18.12.2025.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.