Kirish Ro'yxatdan o'tish

Germaniyalik vinger "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin

Germaniyalik vinger "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Karim Adeyemi faoliyatini tumanli "Albion"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mail Sport xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli germaniyalik vingerning faoliyatini davom ettirish variantlari orasida "Manchester Yunayted" ham tilga olinmoqda. Futbolchining o‘zi ham yaqin kelajakda klubini o‘zgartirmoqchi.

Adeyemi 2022 yilning yozidan beri Dortmundda o‘ynamoqda, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Vingerning bozor narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Karim joriy mavsum Bundesligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

 

Kiritildi: 16:44, 18.12.2025.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.