Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Samvel Babayan: «Kerakli natijaga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz»

Samvel Babayan: «Kerakli natijaga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

«Andijon»ning O‘zbekiston U21 termasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

"Bugungi o‘rtoqlik uchrashuvi oldimizda turgan Osiyo Chempionlar ligasi o‘yini oldidan oxirgi tayyorgarlik bosqichi bo‘ldi. Chempionat yakunlanganidan keyin yigitlarga 5 dekabrgacha xordiq bergandik va shu sanadan tayyorgarlikka kirishganmiz. Albatta, tarkibimizda muammolar bor edi, jumladan, jarohatlanganlar bir nechtani tashkil qiladi. Qiyin mavsumdan keyin jarohat olganlar 2-3 kun oldin qo‘shilishdi, optimal tarkibni shakllantira olmadik. Shunday bo‘lsada, shu o‘yinlar orqali imkoniyatlarimizni ko‘rib oldik. Yigitlar talablarimizni a’lo darajada bajarishdi, ayniqsa, «Bunyodkor» bilan bo‘lgan chempionatdagi oxirgi bahsda yaxshi o‘yin namoyish etishimizni shu o‘yin orqali ko‘rsatishdi.

Ertaga Qatarga jo‘nab ketamiz va u yerda 4 kun mashg‘ulot o‘tkazamiz. Shu orqali «Al-Ahli»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Umuman olganda, jamoamizning tayyorgarligi yaxshi o‘tdi. Kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Bir narsani aniq ayta olamanki, jamoadagi hamma vatanparvarlik ko‘rsatib, o‘z ishimizga professionallarcha maksimum yondashib harakat qilsak, albatta, natijaga erishamiz.

Yigitlar professional. Ular o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi va kerakli natijaga erishishga bor kuchimiz bilan maksimal harakat qilamiz. Murabbiylar shtabi bilan yigitlarga motivasiya beradigan uslublar ustida ishlamoqdamiz.

Viloyat hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboyevich ham jamoa bilan uchrashib, yigitlarga yaxshi motivasiya berdilar. «Bunyodkor» bilan o‘yindan xursand bo‘lib, shunday ruhda o‘ynashimiz kerakligini aytib o‘tdi.

Ta’kidlab o‘tganimdek, ertaga Qatarga jo‘nab ketamiz va 4 kun shug‘ullanamiz. 24 dekabr kungi o‘yinga hammamiz optimal tarkibda bo‘lamiz va Xudo xohlasa, ijobiy natijaga erishamiz" - dedi Samvel Vyacheslavovich klub matbuot kotibiga.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:36, 18.12.2025.
O'qildi: 1107 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.