Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Futzal. O‘zbekiston superkambek evaziga Rossiyani mag‘lub etdi!

Futzal. O‘zbekiston superkambek evaziga Rossiyani mag‘lub etdi!

Baho:
+ | -

Futzal ishqibozlari katta qiziqish bilan kutgan O‘zbekiston – Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv hamyurtlarimizning ajoyib kambeki va irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi taymdan so‘ng 0:2 hisobida ortda qolayotgan yigitlarimiz ikkinchi taymda xarakter ko‘rsatib, raqib darvozasiga javobsiz uchta gol kiritishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Dastlabki o‘n daqiqa ichida O‘zbekiston terma jamoasi ikki bor gol urish imkoniyatini yaratdi, ammo undan foydalana olmadi. Rossiya terma jamoasining esa ilk xavfli hujumi gol bilan yakunlandi — Anton Sokolov hisobni ochdi. Bu gol futbolchilarimiz ruhiyatiga ma’lum darajada ta’sir qildi. 14-daqiqada esa jarima maydoni ichida Grigoriy Valeev e’tibordan chetda qoldi va hisob 0:2 ko‘rinishiga keldi.

Ikkinchi taymning ilk soniyalaridanoq tanaffus paytida murabbiylar shtabi futbolchilar bilan to‘g‘ri ishlagani yaqqol sezildi. Tashabbusni to‘liq qo‘lga olgan O‘zbekiston terma jamoasi mehmonlarni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi. Uzoq vaqt gol ura olmaslik ham yigitlarimizning ishtiyoqini so‘ndirmadi. Aksincha, ular yanada katta g‘ayrat bilan g‘alaba yo‘lini qidirishda davom etishdi.

33-daqiqada Muzaffar Axadjonov individual mahorati evaziga birinchi javob golini urdi — 1:2. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Shahram Faxriddinov qanotdan uzatilgan to‘pni darvoza to‘riga joyladi va hisob tenglashdi — 2:2. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida esa Akbar Usmonov Rossiya jamoasining “sun’iy ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tish” taktikasini jazolab, g‘alaba golini kiritdi — 3:2!

Bu O‘zbekiston terma jamoasining qisqa vaqt ichida jahonning TOP-10 taligidagi ikkinchi raqib ustidan qo‘lga kiritgan g‘alabasi bo‘ldi. Yodingizda bo‘lsa, Islom Birdamligi o‘yinlari arafasida Toshkentda Qozog‘iston terma jamoasi 2:1 hisobida mag‘lub etilgan edi. Endi esa Rossiya terma jamoasi Buxoroda mag‘lubiyatni tan oldi.

Bosh murabbiy Nodir Eliboyev va uning jamoasi Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘nalishda olib borayotganini yana bir bor isbotladi. Biroq bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Izlanish va mehnatni davom ettirish zarur. Shundagina qit’a chempionatida ham qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin bo‘ladi.

XALQARO O‘RTOQLIK UCHRASHUVI
19 dekabr 2025 yil, juma
O‘ZBEKISTON – ROSSIYA — 3:2 (0:2)
Gollar: 0:1 — Anton Sokolov (10ʼ), 0:2 — Grigoriy Valeev (14ʼ), 1:2 — Muzaffar Axadjonov (33ʼ), 2:2 — Shaxram Faxriddinov (37ʼ), 3:2 — Akbar Usmonov (40ʼ)
Ogohlantirish: Sergey Denisov (9ʼ)

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 20:30, 19.12.2025.
O'qildi: 2015 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик