Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Germaniya chempionati. «Bavariya» «Xaydenxaym» darvozasiga javobsiz 4 bor yo‘l topdi

Germaniya chempionati. «Bavariya» «Xaydenxaym» darvozasiga javobsiz 4 bor yo‘l topdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" safarda Germaniya chempionatining 15-turida "Xaydenxaym"ni mag‘lub etdi - 4:0.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Yosip Stanishich hisobni ochdi. 32-daqiqada Maykl Olise myunxenliklarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 86-daqiqada Luis Dias Stanishichning uzatmasidan keyin hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Xarri Keyn mehmonlarning to‘rtinchi golini urdi.

"Bavariya" bu mavsum Bundesligada birorta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi va 41 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Xaydenxaym" 11 ochko bilan so‘nggi, 17-o‘rindan bir pog‘ona oldinda bormoqda.

Keyingi turda myunxenliklar 11 yanvar kuni "Volfsburg"ni qabul qiladi, "Xaydenxaym" esa bir kun avval o‘z maydonida "Kyoln"ga qarshi bahs olib boradi.

Germaniya chempionati. 15-tur
21 dekabr, 21:30. «Voith-Arena» (Xaydenxaym)
Xaydenxaym - Bavariya - 0:4
Gollar: Stanishich, 15 (0:1). Olise, 32 (0:2). Dias, 86 (0:3). Keyn, 90 (0:4)
Xaydenxaym: Ramay, Gimber, Maynka, Bush (Nixyus, 66), Ferenbax, Dorsh, Sheppner (Kaufmann, 66), Traore, Xonzak (Shimmer, 46), Kerber (Ibragimovich, 46), Piringer (Konte, 66)
Bavariya: Urbig, Ito (Deyvis, 73), Ta, Upamekano (Kiala, 90), Stanishich, Rafael Gerreyru (Santush Dayber, 72), Goreska, Dias, Karl (Gnabri, 63), Olise (Mayk, 90), Keyn
Hakam: Badshtyubner (Germaniya)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:27, 21.12.2025.
O'qildi: 1122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик