Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" "Tottenxem" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor

"Liverpul" "Tottenxem" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor

Baho:
+ | -

"Tottenxem"ning 19 yoshli shvesiyalik yarim himoyachisi Lukas Bergvall "Liverpul"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, Bergvall "Liverpul"ning yanvar oyidagi ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar allaqachon "shporlar"ga 59 million yevrolik taklif bilan chiqqan.

Bergvall joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 4ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shvedning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:02, 22.12.2025.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик