Kirish Ro'yxatdan o'tish

Misr bosh murabbiyi Saloh va Slot o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi

Misr bosh murabbiyi Saloh va Slot o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Xossam Hassan "Liverpul"dagi Muhammad Saloh va Arne Slot o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi.

Misrliklar dushanba kuni Afrika Kubogi-2025dagi ilk o‘yinida Zimbabvega qarshi maydonga tushadi.

"Salohning mashg‘ulotlardagi kayfiyati juda yaxshi - go‘yo u terma jamoadagi faoliyatini endi boshlayotgandek. U ajoyib turnir o‘tkazishiga ishonaman. Uning motivasiyasi juda-juda kuchli ekanligini his qilyapman.

Saloh - kumir. U dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri va men uni har bir ishida qo‘llab-quvvatlayman.

U bilan sodir bo‘lgan voqeani inqiroz deb hisoblamayman. Bunday holat futbolchilar va murabbiylar o‘rtasida tez-tez uchrab turadi. Biz u bilan boshidanoq telefon orqali bog‘landik, keyin esa u terma jamoa qarorgohiga kelganida u bilan uchrashdim. Uning butun e’tibori turnirga qaratilgan," - dedi Hassan.

Kiritildi: 13:31, 22.12.2025.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик