"Elche" bosh murabbiyi Eder Sarabiya "Real"dagi hamkasbi Xabi Alonsoni himoya qildi.
"Unga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lishmoqda, hech kim uning "Real" boshqaruvidagi birinchi yili ekanini aytmayapti. Mish-mishlar uni xafa qilayotganini ko‘rib turibman, ammo umid qilamanki, u bu vaziyatdan chiqib ketadi," - deya Sarabiyaning so‘zlarini keltiradi Radioestadio Noche.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso yozda "Real"ni qabul qilib olgan edi.













