Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lamin Yamal uyidagi o‘zi uchun eng qadrli narsa nima ekanligini aytdi

Lamin Yamal uyidagi o‘zi uchun eng qadrli narsa nima ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal uyida saqlanayotgan eng qimmatbaho buyumni aytdi.

"Uyimdagi eng qimmatli narsa? Bu Fransiya terma jamoasi bilan o‘yinda men kiritgan to‘p", - deydi 18 yoshli vinger o‘zining YouTube’dagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yevro-2024 yarim finalida Fransiya darvozasini ishg‘ol qilgandi. O‘sha turnirda Ispaniya terma jamoasi finalda inglizlarni mag‘lub etib (2:1), g‘olib bo‘ldi.

Umumiy hisobda Yamal "qizil furiya" safida 23 ta o‘yin o‘tkazgan. U 6 ta gol va 12 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:01, 25.12.2025.
O'qildi: 1543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик