Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" xavbeki Goreskaga yana bir top-klub qiziqish bildirmoqda

"Bavariya" xavbeki Goreskaga yana bir top-klub qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreska "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Italiyaning amaldagi chempionlari qishki transferlar vaqtida maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. TuttoMercatoWeb xabariga ko‘ra, 30 yoshli germaniyalik nomzodlar ro‘yxatida bor, ammo jiddiy muammo bor: "Bavariya" yarim yildan keyin shartnomasi tugashiga qaramay, futbolchini yanvarda qo‘yib yuborishi dargumon. "Napoli" myunxenliklarning pozisiyasini tushunadi, shuning uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Leon Goreska "Bavariya" safida 2018 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Mashhur Transfermarkt sayti mutaxassisi Bundesliganing 6 karra g‘olibining narxini 15 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:12, 26.12.2025.
O'qildi: 563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик