Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Stiven Jerrard mendan ko‘ra kuchliroq — Pol Skoulz

Stiven Jerrard mendan ko‘ra kuchliroq — Pol Skoulz

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz “Liverpul”ning sobiq sardori Stiven Jerrardni o‘zidan ko‘ra kuchliroq futbolchi ekanini ta’kidladi. Skoulz bu fikrini Jerrard “Liverpul” jamoasining markaziy figurasi sifatida maydonga tushgani, o‘zi esa “Manchester Yunayted”dek buyuk jamoaning bir qismi bo‘lganini aytib izohladi.

“Skoulzmi yoki Jerrard? Albatta, Jerrard. U o‘yin taqdirini hal qila oladigan, yanada atletik futbolchi edi. U o‘ynagan jamoada doimo yetakchi bo‘lishi shart edi, men esa katta jamoaning bir bo‘lagi edim, xolos. Tushunyapsizmi? Men “Liverpul”da Stiven Jerrard qilgan ishlarni qila olmasdim”, — deydi Skoulz The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Stiven Jerrard faoliyati davomida hech qachon Angliya Premyer Ligasi (APL) chempionligini qo‘lga kiritmagan.

Avvalroq FourFourTwo nashri Angliya Premyer Ligasining eng yaxshi yarim himoyachilari reytingini e’lon qilgan bo‘lib, unda Pol Skoulz Kevin de Bruyne, Stiven Jerrard va Frenk Lemparddan keyin 4-o‘rinni egallagan.

Skoulz butun futbolchilik faoliyati davomida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida to‘p surgan. Klub safida 718 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 25 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida APLning 11 ta chempionlik unvoni ham bor bo‘lib, bu ko‘rsatkich angliyalik futbolchilar orasida rekord hisoblanadi. U uzoq masofadan aniq zarbalari bilan tanilgan, maydonni nozik his qilishi hamda qisqa va uzoq paslardagi yuqori texnikasi bilan ajralib turgan. Ko‘plab mutaxassislar tomonidan so‘nggi 20 yilning eng yaxshi markaziy yarim himoyachisi sifatida e’tirof etilgan.

Skoulz yetti yil davomida Angliya terma jamoasi safida o‘ynagan. U to‘rtta yirik musobaqada ishtirok etgan: 1998 va 2002 yilgi jahon chempionatlari hamda 2000 va 2004 yilgi Yevropa chempionatlari. Yevro–2004 musobaqasidan so‘ng Skoulz terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib, bunga klubdagi faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratish va oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish istagini sabab qilib ko‘rsatgan.

2011 yil 31 may kuni u futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Biroq 2012 yil 8 yanvarda Pol Skoulz 2011/12 yilgi mavsum oxirigacha futbolchi sifatida “Manchester Yunayted”ga qaytgani e’lon qilindi. Keyinchalik u klub bilan shartnomasini 2012/13 yilgi mavsumga uzaytirdi. 2013 yil may oyida esa faoliyatini rasman yakunladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:30, 26.12.2025.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.