Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Uning yuragi keng": "Real"ning sobiq futbolchisi Vinisiusni qo‘llab-quvvatladi

"Uning yuragi keng": "Real"ning sobiq futbolchisi Vinisiusni qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Lukas Vaskes Vinisius Juniorning xatti-harakatlari muhokama qilinayotgani fonida u haqida gapirdi.

Vaskesning so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik vinger allaqachon yetuk futbolchiga aylangan va o‘z harakatlarini o‘zi anglab yetmoqda. Shu bilan birga, "Real"ning sobiq futbolchisi Vinisius butun faoliyati davomida birga ishlagan eng samimiy va mehribon insonlardan biri ekanligini ta’kidladi.

- Vini - men futbolda uchratgan eng yaxshi insonlardan biri. Va men odamlar buni bilishini xohlayman. Uning yuragi keng. Menimcha, uning temperamenti qaysidir ma’noda futbolga bo‘lgan qobiliyatiga mos keladi," - deya Vaskesning so‘zlarini keltiradi AS.

Shuningdek, Vaskes Vinisiusning emosionalligini uning o‘yin uslubi bilan bog‘lagan.

Kiritildi: 13:30, 27.12.2025.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик