Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Rasman: «Neftchi» Ratinyo transferini e’lon qildi

Rasman: «Neftchi» Ratinyo transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning "Neftchi" klubi 2025 yilgi mavsumda chempionlik shohsupasini egallab, millionlab muxlislarini quvontirdi.

Yangi mavsumda jamoa nafaqat bu muvaffaqiyatni mustahkamlashni, balki xalqaro maydonlarda ham munosib o‘yin ko‘rsatib, Farg‘ona va O‘zbekiston sharafini baland ko‘tarishni maqsad qilgan. Shu sababli klub tarkibini yanada mahoratli va iste’dodli futbolchilar bilan boyitish yo‘lida ish olib bormoqda.

Tanishing: braziliyalik mohir yarim himoyachi Jurani Fransisko Fereyra, ya’ni Ratinyo. U 1996 yil 1 oktyabrda Braziliyaning Cavalcante shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2017 yilda “Arapongas” jamoasida boshlagan, keyinchalik “Itaberal”, “Itabaiana”, “Goias”, 2019/20 yillarda Janubiy Koreyaning “Gvanju” jamoasida, 2021 yilda esa o‘z yurti jamoalarida: “Paysandu”, “Londrina”, “Botafogo-PB”, “Retro”, “Maguary” va 2024 yildan O‘zbekistonning “Dinamo” jamoasida o‘ynagan.

Ratinyo O‘zbekiston Superligasi va Kubogi musobaqalarida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ikki mavsumdan beri mamlakatimizda to‘p surib, ajoyib o‘yin namoyish etayotgan braziliyalik futbolchi bilan "yo‘lbarslar" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 16:04, 27.12.2025.
O'qildi: 1873 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик