Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Frank: "Bu mening faoliyatimda birinchisi emas"

Frank: "Bu mening faoliyatimda birinchisi emas"

Baho:
+ | -

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank jamoaning Angliya chempionatining joriy mavsumidagi muvaffaqiyatsiz natijalari haqida gapirdi.

"Bu normal holat. Bu mening faoliyatimda birinchi marta natija darhol kelmasligi emas, lekin vaqt o‘tishi bilan bu sodir bo‘ladi. Shunday bo‘lishini bilaman. "Brondbyu"da dastlabki sakkiz o‘yinda g‘alaba qozona olmadim, keyin esa to‘qqizta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadik. "Brentford"da o‘nta o‘yindan sakkiztasida mag‘lubiyatga uchradik, keyin esa o‘nta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramadik. Shuning uchun ishonchim komilki, biz yana shunga o‘xshash manzarani ko‘ramiz," - deya Frankning so‘zlarini keltiradi jurnalist Alasder Gold.

Frank "Tottenxem"ni joriy yilning yozida qabul qilib olgandi. Ortda qolgan 17 o‘yindan so‘ng "shporlar" 22 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:07, 28.12.2025.
O'qildi: 411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик