Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

"Real" qishki transfer oynasida pleymeyker sotib olmaydi

"Real" qishki transfer oynasida pleymeyker sotib olmaydi

Baho:
+ | -

Avvalroq, Luka Modrich "Milan"ga ketganidan so‘ng, klub kreativ yarim himoyachini sotib olish zarurligini aniq tushunayotgani haqida xabar berilgandi. Klub o‘tgan mavsumdayoq xorvatga o‘rinbosar izlagandi.

Biroq Xabi Alonso jamoasida bu vazifani o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bor, deb yozadi Marca.

Shunday qilib, yangi murabbiy tavakkal qilgan Arda Gyuler tilga olinadi. Bu mavsumda turkiyalik futbolchi avvalgiga qaraganda ancha ko‘p daqiqa o‘ynadi.

Eduardo Kamavinga asosiy tarkibda o‘yinni boshqarish uchun yana bir nomzod. Taxminlarga ko‘ra, u 2026 yilda yanada muhimroq rol o‘ynashi mumkin.

Federiko Valverde yoki Jud Bellingem kabi hujumkorroq o‘yinchilar ham bor, ularni Xabi pleymeyker sifatida jalb qilishi mumkin. Qayd etilishicha, yangi yilda Jud "Real" o‘yin sxemasiga qaysi rolda ko‘proq mos kelishini hal qilish kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, Marca xabariga ko‘ra, madridliklar yozgi transferlar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun mavsumning ikkinchi bosqichida jamoaning ehtiyojlari haqida xulosa chiqarmoqchi.

Kiritildi: 14:49, 28.12.2025.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.