Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Odil Abdumajidov: «Baribir Andijonda yaqinlaringiz ko‘z o‘ngida to‘p surish boshqacha zavq bag‘ishlaydi»

Odil Abdumajidov: «Baribir Andijonda yaqinlaringiz ko‘z o‘ngida to‘p surish boshqacha zavq bag‘ishlaydi»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi qishki transfer oynasida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirayotganidan xabaringiz bor.

Kuni kecha iste’dodli himoyachi Odil Abdumajidov rasman «Burgutlar» a’zosi sifatida tanishtirildi.

Shundan so‘ng klub matbuot xizmati ushbu futbolchi bilan suhbatlashdi.

— Odiljon «Andijon» klubiga o‘tganingiz bilan tabriklayman. Bu qanday yuz berdi?

— Tabrik uchun katta rahmat. 3-4 ta takliflar bo‘layotgandi. O‘zimizni chempionatdan ham, xorijdan ham qiziqishlar bor edi. Shularni ko‘rib chiqayotgandim. Keyin Samvel Vyacheslavovich chaqirdi va biz ko‘rishdik. Maqsad va barchasini tushuntirganidan keyin «Andijon»ga o‘tishga qaror qildim. Bu taklif menga ma’qul keldi.

— Katta futbolga Andijonda qadam qo‘ygansiz va siz uyingizga qaytdingiz. Bu siz uchun nimani bildiradi?

— O‘zim tug‘ilib o‘sgan joy. Ota-onam, yaqinlarim hammasi shu yerda. Baribir Andijonda yaqinlaringiz ko‘z o‘ngida to‘p surish boshqacha zavq bag‘ishlaydi. Mas’uliyati ham boshqacha bo‘ladi. Hammasi yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman.

— Yangi mavsumda jamoani maqsadi katta. Siz esa uning bir bo‘lagiga aylanyapsiz. Mas’uliyat yuki og‘irlik qilmaydimi?

— Hech qanaqa og‘irlik qilmaydi. Aksincha, qancha mas’uliyat yuqori bo‘lsa, futbolchi o‘sib boraveradi. Bu menga o‘sishimga katta yordam beradi, deb o‘ylayman. Anchadan beri futbol o‘ynayman. Har xil joylarda o‘ynadim. Barchasi joyida bo‘ladi.

— Bu yil «Turon»da va keyin «Sho‘rta»da o‘ynadingiz. Lekin «Sho‘rtan» ligani tark etdi. Shunday ekan, ortda qolgan mavsum haqida nima deya olasiz?

— Qiyin o‘tdi, deya olmayman. Futbolda har xil holatlar bo‘ladi. «Sho‘rtan»ga kelgan paytda jamoa oxirgi o‘rinda edi. Jamoani olib qolish uchun o‘zimga maksimal maqsad qo‘yganman va buning uchun harakat qildim. Bu futbol. Biz qo‘limizdan kelganicha sababini qildik. Nasib qilmadi. Lekin ko‘p narsa oldim va o‘rgandim, deb bemalol ayta olaman.

— «Andijon» klubidagi o‘zgarishlarni siz ham diqqat bilan kuzatib boryapsizmi? Fikringiz qanday?

— Albatta, kuzatib boryapman. Murabbiy jamoani maksimal kuchaytirish va o‘z taktikasiga to‘g‘ri keladigan saviyali o‘yinchilarni olish harakatida. Yaxshi futbolchilar olinyapti va hammasi yaxshi bo‘ladi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:59, 28.12.2025.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик