14 yoshli ukrainalik yarim himoyachi Miroslav Vaskovskiy "Liverpul"ga o‘tdi. Bu haqda Mersisayd grandi matbuot xizmati xabar berdi.
"Miroslav, jamoamizga xush kelibsiz," - deyiladi "qizillar" xabarida.
Istiqbolli yarim himoyachi "Liverpul"ga Avstriyaning "Avstriya" klubidan ko‘chib o‘tdi. Vaskovskiy 2022 yildan beri klub akademiyasida shug‘ullanib kelayotgan edi. Miroslav Ukraina U15 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.













