Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Lukashenko xokkey o‘yinida yiqilib tushdi (video)

Lukashenko xokkey o‘yinida yiqilib tushdi (video)

Baho:
+1 | -

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda bo‘lib o‘tgan xokkey o‘yini vaqtida jamoadoshi bilan to‘qnashib ketib, muzga yiqildi. Bu haqda Sport Baza Telegram kanali xabar berdi.

Prezidentga sobiq “Salavat Yulayev” va Minsk “Dinamo”si hujumchisi Yaroslav Chupris urilib ketgan. Shundan so‘ng u darhol klyushkasini tashlab, Lukashenkoga yordam berishga shoshilgan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Xokkey o‘yini prezident jamoasi va Brest viloyati terma jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Natija 5:5 hisobidagi durang bilan yakunlangan. O‘yin tugashiga bir soniyadan kam vaqt qolganda hisobni Belarus yetakchisining o‘g‘li — Nikolay Lukashenko tenglashtirgan.

Keyinchalik Aleksandr Lukashenko bel mushaklarida yengil cho‘zilish bo‘lganini, o‘zini yaxshi his qilayotganini va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, aprel oyida Lukashenko mashhur xokkeychi Ueyn Greski bilan birga xokkey o‘ynaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Greski 2010-yilda Kontinental xokkey ligasi (KXL) yulduzlar o‘yinida qatnashish uchun Minskka kelgan.

Shuningdek, o‘sha yili Lukashenko Minsk “Dinamo”si xokkeychilariga sovg‘alar topshirgan. Jamoa ilk bor Kontinental xokkey ligasi pley-offining ikkinchi bosqichiga chiqqan edi. Prezident futbolchilarga bir quti yog‘, bir nechta idishda Tojikiston asali va javdar noni sovg‘a qilib, ularni hazil tariqasida “doping” deb atagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:37, 29.12.2025.
O'qildi: 2103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик