Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Iskoning to‘pig‘i artroskopik operasiya qilindi

Iskoning to‘pig‘i artroskopik operasiya qilindi

Baho:
+ | -

«Betis» klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Isko o‘ng to‘piq sohasida artroskopik operasiyani boshdan kechirdi. Bu haqda «yashil-oqlar»ning rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamoa sardoriga dastlab konservativ davolash usuli belgilangan, ammo «Betis» tibbiy shtabi davolash jarayonini tezlashtirish maqsadida zararlangan sohada bo‘g‘imni sanasiya qilishga qaror qilgan. Futbolchining maydonga qachon qaytishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Biroq avvalroq OAVda Isko yangi yil boshida bo‘ladigan uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmasligi, chunki u taxminan bir oyni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli xavbek bir oy avval Yevropa Ligasida «Utrext»ga qarshi o‘yinda (2:1) jamoadoshi, marokashlik Sofyan Amrabat bilan to‘qnashuvdan so‘ng to‘piq sohasida shikastlangan edi. Joriy mavsumda Isko barcha musobaqalar doirasida atigi ikki o‘yinda ishtirok etib, bir golli uzatma amalga oshirgan. U jami 39 daqiqa maydonda harakat qildi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:02, 30.12.2025.
O'qildi: 412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик