Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Real" Tibo Kurtuaga uzoq muddatli o‘rinbosar topib qo‘ydi

"Real" Tibo Kurtuaga uzoq muddatli o‘rinbosar topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Shvesiyaning "Elfsborg" klubi darvozaboni Simon Eriksson Madridning "Real" klubi e’tiborini tortdi.

Ispan grandi 19 yoshli futbolchini Tibo Kurtuaning "uzoq muddatli o‘rinbosari" sifatida ko‘rmoqda, deb yozadi Transfer News Live Defensa Central’ga tayanib. "Qaymoqranglilar" vakillari yosh shvedning taraqqiyotini kuzatishda davom etishadi va, ehtimol, yaqin kelajakda uni o‘z saflariga jalb qilishga harakat qilishadi.

Simon Eriksson Shvesiya chempionatining o‘tgan mavsumida "Elfsborg" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 30 ta gol o‘tkazib yuborgan. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, darvozabonning narxi 500 ming yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:10, 30.12.2025.
O'qildi: 2108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик