Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Anvar G‘ofurov: «Superligada chempion bo‘lishimizga to‘la ishonch hosil qilgan edik»

Anvar G‘ofurov: «Superligada chempion bo‘lishimizga to‘la ishonch hosil qilgan edik»

Baho:
+ | -

"Neftchi" futbolchisi Anvar G‘ofurov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, yakunlangan mavsum haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ortda qolgan mavsum haqida fikrlaringiz?
— Ortda qolgan futbol mavsumi biz uchun juda katta mas’uliyatli bo‘lgani bilan bir qatorda bizga katta quvonch bag‘ishladi.

— Bu mavsumda siz uchun esda qolarli va eng og‘ir kechgan o‘yinlarni aytib bera olasizmi?
— Esda qolarli o‘yinlarimiz ko‘p bo‘ldi. Jumladan, «Dinamo», «Nasaf» va «Qizilqum»ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi o‘yinimiz ajoyib tarzda kechdi. Ushbu bellashuvlarda qozonilgan g‘alabalardan jamoamiz a’zolari o‘zgacha zavq olishdi. Ammo, mavsum davomida bizni ranjitgan uchrashuvlar esa «Paxtakor» jamoasiga qarshi o‘tkazgan bahslarga to‘g‘ri keladi. Chunki, o‘z maydonimizda ham, safardagi uchrashuvda ham imkoniyatni toshkentliklarga boy berganimizdadir.

— Siz Superligada chempion bo‘lishimizga ishonganmidingiz. Chempionlikni qo‘lga kiritganingizdan so‘ng ilk his-tuyg‘ularni qanday so‘zlar bilan izohladingiz?

— Ha, biz Superligada chempion bo‘lishimizga to‘la ishonch hosil qilgan edik va chempionlikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng xayolimga kelgan dastlabki fikrim, yil boshida oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsad va vazifalarni sharaf bilan bajardik.

— Sevimli jamoamizning jonkuyar muxlislari haqida fikringiz. Sizningcha «Neftchi» muxlislari boshqa jamoa muxlislaridan ajralib turadigan jihatlari nimada?

— Jonkuyar va ashaddiy muxlislarimiz bu yil har yilgidanda ko‘ra bizga juda katta dalda bo‘lishdi. Boshqa jamoa muxlislaridan ajralib turadigan jihatlaridan biri, olis masofaga qaramay barcha safar uchrashuvlarimizda muxlislarimiz bizga 12chi o‘yinchi vazifasini a’lo darajada bajarib kelishganlari bo‘ldi..

— Mavsum davomida sizni eng ko‘p ruhlantirgan gol yoki epizod qaysi bo‘ldi?
— Yovan Jokichning uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida «Qo‘qon-1912» darvozasiga kiritgan goli va Abror Ismoilovning «Andijon»ga urgan goli meni juda ruhlantirdi, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

— Yangi mavsum oldidan qanday fikrdasiz va muxlislarga aytar so‘zingiz?
— Yangi mavsum boshlanmasdan turib katta xis-hayajonni sezmoqdamiz. Shu bilan birga kelasi mavsumda hamma jamoalarga omad tilayman. Biz esa chempionlikni munosib himoya qilish uchun barcha kuch va mahoratimizni ishga solishga tayyormiz. Sevimli jamoamizning futbolsevar va jonkuyar muxlislarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 22:45, 30.12.2025.
O'qildi: 160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.