Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

FIFA yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun yangi mukofot joriy etadi

FIFA yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun yangi mukofot joriy etadi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Dubay Sport kengashi bilan hamkorlikda yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchilarni taqdirlash uchun yangi mukofot tashkil etganini ma’lum qildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur mukofotning ilk taqdirlash marosimi 2026-yilda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, FIFA Best Awards mukofoti Dubay shahrida topshirilishini e’lon qildi. FIFA prezidenti Janni Infantino ma’lum qilishicha, ushbu mukofot doirasida dunyoning eng yaxshi futbolchilari, murabbiylari va jamoalari taqdirlanadi.

Mazkur hamkorlik haqida 29–30 dekabr kunlari Madinat Jumeirah majmuasida bo‘lib o‘tayotgan World Sports Summit sammitida ma’lum qilindi. Infantinoning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — futbolning global miqyosdagi nufuzini kengaytirish va o‘yinning turli mamlakatlarda rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir.

“Biz futbolni global miqyosda rivojlantirish uchun milliardlab dollar investisiya qilmoqdamiz. FIFA sifatida bu jarayonda butun dunyo ishtirok etishini istaymiz”, dedi Infantino ochilish nutqida.

FIFA talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi 1991-yildan buyon aniqlanib kelinadi. 2009-yilgacha tashkilot g‘olibni mustaqil ravishda e’lon qilib kelgan. 2010–2015-yillar oralig‘ida esa mukofot France Football jurnali bilan hamkorlikda topshirilgan va “FIFA Oltin to‘pi” nomi ostida o‘tkazilgan.

2016-yildan boshlab mukofotlar yana ikki yo‘nalishga ajratildi — France Football talqini va FIFA talqini bo‘yicha. Xalqaro futbol federasiyasining mukofoti “The Best” deb nomlandi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra ushbu sovrin fransiyalik futbolchi Usmon Dembelega nasib etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:14, 31.12.2025.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.