Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Lokomotiv» to‘rt nafar futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi

«Lokomotiv» to‘rt nafar futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibini faol ravishda mustahkamlashda davom etmoqda. «Temiryo‘lchilar» jamoasi bir kunda to‘rt nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Avvalo, 22 yoshli darvozabon Nikita Shevchenko uch mavsumlik tanaffusdan so‘ng «Lokomotiv»ga qaytdi. U so‘nggi yillarda «Paxtakor» sharafini himoya qilgan bo‘lib, navbatdagi mavsumda yana "temiryo‘lchilar" safida harakat qiladi.

Shuningdek, 19 yoshli chap qanot himoyachisi Sherzodbek Abdulboriyev ham «Lokomotiv» a’zosiga aylandi. U o‘tgan mavsum «Navbahor»ning U-21 jamoasi tarkibida chempionatda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol muallifi bo‘lgan. Abdulboriyev O‘zbekiston U-17 va U-20 terma jamoalari safida jami 25 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Yana bir yangi transfer — 22 yoshli markaziy yarim himoyachi Bilol To‘pliyev. U o‘tgan mavsum «Buxoro» tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etgan. 2026 yilda u «Lokomotiv» sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, jamoa tarkibiga 27 yoshli o‘ng qanot vingeri Suhrob Nurullayev ham qo‘shildi. U o‘tgan mavsum «Nasaf» safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va yangi mavsum oldidan «Lokomotiv» bilan shartnoma imzoladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:17, 01.01.2026.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик