Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov o‘z o‘rniga qaytdi, Sindorov bir pog‘ona ko‘tarildi

FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov o‘z o‘rniga qaytdi, Sindorov bir pog‘ona ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi (FIDE) dekabr oyi yakuni bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Kuchli 100 talik ro‘yxatda O‘zbekistondan 5 nafar grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda norvegiyalik Magnus Karlsen 2840 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan amerikalik Hikaru Nakamura joy oldi (2810). Kuchli uchlikni esa yana bir AQSH vakili Fabiano Karuana (2795) yakunladi. Top-10 reytingdan shuningdek Vinsen Keymer (2776), Arjun Erigaisi (2775), Anish Giri (2760), Alireza Firuzja (2759), Praggnananda (2758), Gukesh Dommaraju (2754) va Vei Li (2754) o‘rin olgan.

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning egallagan o‘rni qanday?

Nodirbek Abdusattorov hamon O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turibdi. Uning hisobida 2750 ochko bor. Abdusattorov hozirda FIDE reytingida 12-pog‘onani band etgan. London Chess Classic 2025 turniridagi g‘alabadan so‘ng Nodirbek o‘z hisobiga 18 ochko qo‘shib qo‘ydi va avvalgi o‘rnidan 5 pog‘ona yuqorilashga erishdi.

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Javohir Sindorov FIDE reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 21-o‘rindan joy oldi. Sindorov hisobidagi ochkolar soni oktyabr oyiga nisbatan 3 ballga ko‘paydi (2729).

Nodirbek Yoqubboyev reytingda ikki pog‘ona yuqoriladi. U 2691 ochko bilan 36-pog‘onani band etgan. Tajribali grossmeyster Rustam Qosimjonov 2664 ochko bilan 51-o‘rinni egallab turibdi. U o‘tgan oyda 47-o‘rinda edi. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 2641 ochko bilan 85-o‘rinni band etgan.

FIDE jamoaviy reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi 2606 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, FIDE ayollar top-100 reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘rin olgan.

16 yoshli Afruza Hamdamova 2403 ochko evaziga 41-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Gulruhbegim Tohirjonova 2363 ochko bilan 79-pog‘onani band etgan.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE reytingida ko‘tarilishga erishdi va 2258 ochko bilan 15-o‘rindan joy oldi. O‘tgan oyda jamoa hisobida 2228 ochko mavjud edi (19-o‘rin).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:38, 01.01.2026.
O'qildi: 2305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.