Kirish Ro'yxatdan o'tish

Enso Fernandes «Chelsi»dan iste’foga chiqarilgan Mareskaga murojaat yo‘lladi

Enso Fernandes «Chelsi»dan iste’foga chiqarilgan Mareskaga murojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes 1 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan jamoaning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareskaga murojaat qildi.

«Murabbiy, bu vaqt davomida birga boshdan kechirgan va bo‘lishgan barcha narsalarimiz uchun rahmat! Sizdan juda ko‘p narsani o‘rgandim va har bir maslahatingizni qadrlayman. Sizga va murabbiylar shtabingizga — Villi, Dani, Robi, Markos va Mikkiga — eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Biz birgalikda ikki sovrinni qo‘lga kiritdik, ularni hech qachon unutmayman. Barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman va umid qilamanki, yo‘llarimiz yana kesishadi. Eng yaxshi tilaklar bilan», — deb yozdi Enso Fernandes ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasining 19 ta uchrashuvida londonliklar 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» yetakchi «Arsenal»dan 15 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:02, 02.01.2026.
O'qildi: 1960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик