Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

«Neftchi»ning Antaliyadagi yig‘iniga jalb qilingan yosh futbolchilar haqida

«Neftchi»ning Antaliyadagi yig‘iniga jalb qilingan yosh futbolchilar haqida

Baho:
+ | -

«Neftchi» yangi mavsumga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida azaliy an’anaga muvofiq o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazmoqda.

Klub rahbariyati tomonidan jamoani yosh, iste’dodli va salohiyatli futbolchilar bilan bosqichma-bosqich kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, sizlarni yig‘inlarga jalb etilgan yosh futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Nurbek Sarsenbayev — 2008 yil 27 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Ampluasi — hujumchi. Futbolchilik faoliyatini «Jayxun» klubida boshlagan, 2025 yildan buyon «Neftchi» yoshlar jamoasi a’zosi hisoblanadi. Nurbek O‘zbekiston U-17 safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.

Azizbek Erimbetov — 2008 yil 4-Aprel kuni tavallud topgan. Ampluasi — yarim himoyachi. Futbolchilik faoliyatini 2021 yilda «Metallurg» klubida boshlagan. 2024 yilda «Jayxun» jamoasi sharafini himoya qilgan va 2025 yildan «Neftchi» yoshlar jamoasi tarkibida to‘p surib kelmoqda.Futbolchi O‘zbekiston U-17 safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.

Mo‘minxon Bahodirxonov — 2008 yil 30 mart kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Ampluasi — tayanch yarim himoyachi. Futbolchilik faoliyatini 2022 yilda RKOR (Toshkent) jamoasida boshlagan. 2024 yilda «Olimpiya» hamda «Olimpik» klublarida faoliyat yuritgan. 2026 yildan e’tiboran «Neftchi» PFK a’zosi hisoblanadi. Bahodirxonov O‘zbekiston U-17 safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.

Daler Tuxsanov — 2005 yil 9 iyul kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ampluasi — yarim himoyachi. Futbolchilik faoliyatini 2020 yilda «Paxtakor» klubida boshlagan. Keyinchalik “Olimpik Mobiuz” jamoasida to‘p surgan futbolchi 2026 yilda «Neftchi» PFK safiga qo‘shildi.

Ibrohim Shokirov – 2008 yil 18 mart kuni tug‘ilgan darvozabon, faoliyatini «Paxtakor» jamoasida boshlagan, yangi mavsumda esa jamoamiz darvozasi dahlsizligini qo‘riqlaydi.

Azizbek Muratov — 2007 yil 22 fevral kuni Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyatida tug‘ilgan. Ampluasi — hujumchi. Futbolchilik faoliyatini 2021 yilda Marg‘ilonning «Farovon» klubida boshlagan. 2023 yilda Tojikistonning «Eskhata» jamoasida to‘p surgan. 2025 yilning birinchi yarmida «Surxon» (Termiz) klubi sharafini himoya qilgan bo‘lsa, ikkinchi davradan boshlab «Neftchi» yoshlar jamoasi a’zosi sifatida maydonga tushmoqda.Futbolchi ayni paytda Tojikiston U-21 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi

Muhammadqodir Rasuljonov — 2007 yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. Ampluasi — himoyachi. Futbolchilik faoliyatini 2020 yilda Marg‘ilonning «Farovon» jamoasida boshlagan. 2023 yilda Quvasoyning «Sementchi» klubiga o‘tgan. 2025 yildan buyon «Neftchi» yoshlar jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Nurmuhammad Abdug‘aniyev — 2007 yil 24 avgust kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tavallud topgan. Ampluasi — himoyachi. Futbolchilik faoliyatini 2020 yilda Marg‘ilonning «Farovon», 2023 yilda Quvasoyning «Sementchi» klublarida olib borgan. 2025 yildan «Neftchi» yoshlar jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 21:41, 02.01.2026.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.