"Bornmut" klubi darvozabon Freyzer Foster bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Shartnoma mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. U yangi jamoasida 17-raqam ostida harakat qiladi.
37 yoshli angliyalik futbolchi 2025 yilning yanvarida "Tottenxem"ni tark etganidan keyin klubsiz edi.
Faoliyati davomida Foster APLda 155 ta o‘yin o‘tkazib, 204 ta gol o‘tkazib yuborgan. U "Tottenxem"dan tashqari "Sautgempton", "Nyukasl" va "Norvich" klublarida o‘ynagan.













