Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Arteta chempionlik uchun kurashda "Manchester Siti" bilan raqobat haqida fikr bildirdi

Arteta chempionlik uchun kurashda "Manchester Siti" bilan raqobat haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta chempionlik uchun kurashda "Manchester Siti" bilan raqobat haqida fikr bildirdi.

"Kanonirlar" Premyer-liganing 19-turidan keyin "shaharliklar"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Bugun londonliklar "Bornmut" mehmoni bo‘lishadi.

"Bosimni qanday yengish mumkin? Shunchaki o‘yinlarda g‘alaba qozonish kerak. Yanada ko‘proq ochko to‘plash, yanada ko‘proq g‘alaba qozonish kerak. Bu o‘z maqsadiga erishishning yagona yo‘li.

O‘tmishdan saboq chiqara bilish juda muhim. Bu "Bornmut" bilan avvalgi o‘yinlarimizga ham tegishli. O‘zimizni eng yaxshi tarzda ko‘rsatib, g‘alaba qozonish muhim, raqiblarning natijalari esa bizga bog‘liq emas," - deya "Manchester Siti" bilan raqobat borasidagi savolga javob berdi Arteta.

Xosep Gvardiola jamoasi o‘z o‘yinini bir kun keyin o‘tkazadi - raqib "Chelsi" bo‘ladi.

Kiritildi: 10:07, 03.01.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик