Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" ustuvor transferdan voz kechishiga to‘g‘ri keladi

"Manchester Yunayted" ustuvor transferdan voz kechishiga to‘g‘ri keladi

Baho:
+ | -

"Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o‘tmaydi.

"Qizil iblislar" 21 yoshli futbolchini yanvarda sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgan edi, biroq kelishuv deyarli amalga oshmayapti - "Brayton" mavsum davomida xavbekni sotmaydi, deb yozadi jurnalist Liell Tomas. Transfer kamida yozgacha kechiktirildi. Transfermarkt portali kamerunlik futbolchining narxini 60 mln yevroga baholamoqda. "Manchester Yunayted" 2026 yilda kamida ikkita yarim himoyachi bilan kuchayishni istamoqda.

Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatiga Fransiyaning "Lill" klubidan 18 yoshli Ayub Buaddi va Gresiyaning "Olimpiakos" klubidan 19 yoshli Xristos Muzakitis ham kiritilgan.

Kiritildi: 12:29, 03.01.2026.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.