Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bornmut" Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni transferini e’lon qildi

"Bornmut" Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Freyzer Forster faoliyatini Angliyaning "Bornmut" klubida davom ettiradi. O‘tgan yilning yozidan buyon erkin agent maqomida qolayotgan 37 yoshli posbon bilan shartnoma imzolanganini Angliya Premyer-ligasi klubi rasmiy sayti e’lon qildi.

Xabar qilinishicha, Forster "Bornmut" bilan olti oylik shartnoma imzolagan - 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha. Angliyalik futbolchi qishki transfer oynasida jamoaning ilk yangi futbolchisiga aylandi. "Bornmut"da Forster 17-raqamda harakat qiladi.

Forster Angliya terma jamoasi safida oltita o‘yin o‘tkazgan. U bungacha "Tottenxem", "Sautgempton", "Seltik" va "Nyukasl" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 15:52, 03.01.2026.
O'qildi: 481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик