"Atalanta" Italiya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Roma"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi - 1:0.
Yagona golni o‘yinning 12-daqiqasida himoyachi Jorjio Skalvini kiritdi. Birinchi bo‘lim oxirida VAR ofsayd sabab Janluka Skamakkaning golini bekor qildi.
"Atalanta" ochkolarini 25taga yetkazib, A Seriya turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Roma" esa 18 o‘yinda 33 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onaga tushib ketdi.
Atalanta - Roma - 1:0
4 yanvar, 00:45. Atleti Adzurri d'Italiya
Gol: Skalvini, 12 (1:0)
Atalanta: Karnesekki, Djimsiti, Kolashinas (Axanor, 26), Skalvini (Xin, 59), Ederson (Maldini, 72), de Ron, Bernaskoni, Dzappakosta, De Ketelare, Zalevski (Musa, 60), Skamakka (Krstovich, 72)
Roma: Svilar, Siolkovski (Uesli Vinisius, 46), Ermoso, Manchini, Kristante, Kone (Pizilli, 83), Rench (Simikas, 59), Zeki Chelik, Soule (El-SHaaravi, 66), Dibala, Fergyuson (Dovbik, 60)
Ogohlantirishlar: de Ron, 19 - Manchini, 43. Ermoso, 45













