Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniyada "Real"ning bo‘lajak o‘yin uchun taxminiy tarkibi ma’lum qilindi

Ispaniyada "Real"ning bo‘lajak o‘yin uchun taxminiy tarkibi ma’lum qilindi

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 19-turi doirasida o‘z maydonida "Betis"ga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi. "Qaymoqranglilar" ustozi Xabi Alonso ushbu bahsda jamoa va chempionat to‘purari Kilian Mbappega umid bog‘lay olmaydi. Diario AS xabariga ko‘ra, madridliklar hujum chizig‘ida Vinisius Junior va Rodrigo tandemi harakat qiladi. O‘rta chiziqda Arda Gyuler, Orelyen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Jud Bellingem, himoyada Federiko Valverde, Raul Asensio, Antonio Ryudiger va Alvaro Karreras harakat qiladi. Darvozani odatdagidek Tibo Kurtua egallaydi.

"Real" g‘alaba qozonsa, "Barselona" bilan oradagi farqni yana 4 ochkoga qisqartiradi. Shanba kuni "ko‘k-anorranglilar" safarda "Espanyol"ni mag‘lub etishdi (2:0).

Kiritildi: 13:26, 04.01.2026.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик