Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Andijon» Antaliyada uch bosqichli yig‘in o‘tkazadi

«Andijon» Antaliyada uch bosqichli yig‘in o‘tkazadi

Baho:
+ | -

«Andijon» bugundan yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshladi.

Dastlabki ikki kun mobaynida jamoa a’zolari Toshkentda shug‘ullanishadi va bugungi kun rejasiga binoan futbolchilar trenajyor zalida va maydonda shug‘ullandilar.

Ta’kidlash joizki, yangi shartnoma imzolagan futbolchilardan Rahimjon Davronov, Jamshid Boltaboyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Abdumajidov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Humoyunmirzo Iminov, Aleksandr Andronikashvili hamda Nemanya Chalasan jamoa ixtiyoriga qo‘shildilar.

Dragan Cheran, Igor Golban va Imeda Ashortia esa jamoaning Antaliyadagi yig‘iniga yetib keladilar.

Tabiiyki, yangi mavsum uchun asosiy tayyorgarlik jarayoni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

7 yanvar-18 fevral kunlari oralig‘ida o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchta bosqichni o‘z ichiga oladi.

Demak, birinchi bosqich: 7-21 yanvar, ikkinchi bosqich: 24 yanvar - 5 fevral hamda uchinchi bosqich: 5-18 fevralni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Turkiyada xorij klublariga qarshi 10 ta o‘rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Tez orada raqiblar haqida ham ma’lumot taqdim etamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:32, 05.01.2026.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик