Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

"Bavariya" iqtidori muxlislar bosimi tufayli Instagram'da izoh qoldirishni yopib qo‘ydi

"Bavariya" iqtidori muxlislar bosimi tufayli Instagram'da izoh qoldirishni yopib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi 17 yoshli yarim himoyachisi Lenart Karl muxlislar tomonidan Madridning "Real" klubi haqida gapirgani uchun tanqid qilingach, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida izohlarni o‘chirib qo‘ydi.

Avvalroq futbolchi "Real"da o‘ynash istagini bildirgan va "qaymoqranglilar"ni o‘z orzusidagi klub deb atagandi. Yarim himoyachining ta’kidlashicha, "Bavariya" uning qalbidan chuqur joy olgan va unga Myunxen klubida to‘p tepish yoqadi.

Joriy mavsumda Lenart Karl "Bavariya"ning asosiy jamoasida debyut qildi. Klub uchun barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda u oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:57, 06.01.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик