Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Transfermarkt 2025 yilda transfer qiymati eng ko‘p oshgan o‘zbekistonlik futbolchilar reytingini e’lon qildi

Transfermarkt 2025 yilda transfer qiymati eng ko‘p oshgan o‘zbekistonlik futbolchilar reytingini e’lon qildi

Baho:
+1 | -

Transfermarkt portali 2025 yil davomida transfer qiymati eng ko‘p oshgan o‘zbekistonlik futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Mazkur reytingni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov boshqarib turibdi. Uning transfer qiymati 23 million yevroga ortib, 35 million yevroga yetdi. So‘nggi baholashda Husanovning narxi o‘zgarishsiz qoldi.

Keyingi o‘rinlardan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchilari — Turkiyaning “Bashakshehir” klubi a’zosi Eldor Shomurodov, Eronning “Persepolis” klubiga o‘tgan Igor Sergeev hamda “Paxtakor” himoyachisi Hojiakbar Alijonov joy oldi.



Turkiya Superligasining amaldagi to‘purari va O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning transfer qiymati 1 million yevroga oshib, hozirda 5 million yevroni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Superligasining o‘tgan mavsumdagi to‘purari Igor Sergeev hamda musobaqaning eng chiroyli goli muallifi Hojiakbar Alijonovning transfer qiymati 2025 yilda 400 ming yevroga ko‘tarildi. Hozirda har ikki futbolchi 1,2 million yevroga baholanmoqda.

Shuningdek, “Nasaf” klubi hujumchisi Husayn Norchayevning transfer qiymati ham 400 ming yevroga oshgan.

Top-10 reytingdan, shuningdek, Ruslanbek Jiyanov, Umarali Rahmonaliyev, Alisher Odilov, Sherzod Temirov va Nodirbek Abdurazzoqov ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Bashakshehir” klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisi hisoblanadi — uning transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etadi. Biroq 2025 yil davomida Fayzullayevning transfer narxi oshmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:38, 06.01.2026.
O'qildi: 3759 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик