Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. O‘yin atrofidagi ma’lumotlar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. O‘yin atrofidagi ma’lumotlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi boshlandi. Ochilish o‘yinida mezbon Saudiya Arabistoni Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. “A” guruhining yana bir uchrashuvida esa Vyetnam Iordaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

7-yanvar kuni “B” va “C” guruhlaridan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Prince Faisal bin Fahd” stadionida Livan bilan kuch sinashadi. Undan avval esa guruhimizdagi Koreya Respublikasi hamda Eron terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Livan U-23 terma jamoasi ushbu turnirda ilk bor ishtirok etmoqda. Bu — O‘zbekiston va Livan yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogidagi ilk rasmiy uchrashuv bo‘ladi.

Saralash bosqichida raqibimiz “F” guruhidan muvaffaqiyatli tarzda final bosqichiga yo‘l oldi. Ular Malayziya, Tailand va Mo‘g‘uliston jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazib, yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Natijalar:

Malayziya — Livan 0:1
Livan — Tailand 2:2
Livan — Mo‘g‘uliston 3:0

Jamoa tarkibida xorijda to‘p surayotgan futbolchilar ham bor. Umuman olganda, 7 nafar legioner mamlakat sharafini himoya qilmoqda.

Jamoaning bosh murabbiyi — Jamal Taha.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi
U-23 Osiyo kubogi tarixiga nazar tashlasak, O‘zbekiston so‘nggi to‘rt turnirning uchalasida finalga chiqdi. Bir marta chempionlikni qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikki bor kumush medalga ega chiqildi. So‘nggi musoba esa futbolimiz uchun alohida tarixiy voqelik bo‘lib, Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etgani bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston U-21 terma jamoasi bu galgi musobaqada asosan 19–21 yoshli futbolchilar bilan qatnashmoqda. Qayd etish kerak, bunda asosiy urg‘u keyingi turnirga qadar futbolchilarga Osiyo kubogi tajribasini taqdim etish, reja asosida Olimpiada yo‘llanmasini beruvchi turnirga tizimli tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan.

Jamoamiz turnir oldidan so‘nggi bosqich yig‘inlarini 7 dekabrdan Toshkentda boshladi. Milliy futbol markazida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar 22 dekabrga qadar davom etdi. Shundan so‘ng terma jamoamiz Dohaga yo‘l olib, mashg‘ulotlarni davom ettirdi. Yig‘in doirasida Iordaniya va Qatar U-23 terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etildi.

Musobaqa arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Ravshan Haydarov shunday dedi:

“Biz maydonga ishonch bilan tushishni maqsad qilganmiz. Futbolchilarga bu turnir katta futbolga ko‘prik bo‘lib xizmat qilishini aytdim. Yaxshi niyat va maqsadlar bilan musobaqaga keldik.”

O‘zbekiston guruh bosqichida, shuningdek, Eron va Koreya Respublikasi terma jamoalariga qarshi ham bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvlar mos ravishda 10 va 13-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:55, 07.01.2026.
O'qildi: 1570 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.