Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

“Arsenal” APL chempionligi uchun asosiy da’vogar — Opta

“Arsenal” APL chempionligi uchun asosiy da’vogar — Opta

Baho:
+ | -

Opta statistik portali Angliya Premyer Ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi 20-turidan so‘ng jamoalarning chempionlik uchun imkoniyatlarini qayta hisobladi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan “Arsenal”ning chempionlik ehtimoli 86,15 foizni tashkil etmoqda.

Jamoalarning APL chempionligi uchun imkoniyatlari (20-turdan so‘ng):

1. “Arsenal” — 86,15 %
2. “Manchester Siti” — 9,84 %
3. “Aston Villa” — 3,93 %
4. “Liverpul” — 0,07 %
5. “Chelsi” — 0,01 %

Ayni vaqtda APL turnir jadvalida “Arsenal” 48 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “Manchester Siti” (42), “Aston Villa” (42), “Liverpul” (34) va “Chelsi” (31) joylashgan.

Avvalroq, Transfermarkt nashri eng qimmat tarkibga ega klublar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, eng qimmat tarkib “Real Madrid” jamoasiga tegishli bo‘lib, “Qirollik klubi” asosiy jamoasi futbolchilarining umumiy qiymati 1,38 milliard yevroni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda joriy mavsum APL yetakchisi “Arsenal” (1,29 mlrd yevro), shuningdek “Manchester Siti” va “PSJ” (1,19 mlrd yevro) klublari qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, turnir APL nomini olgan davrdan buyon (1992 yil) “Manchester Yunayted” eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan — 13 marta. Keyingi o‘rinlarda “Manchester Siti” (8 marta), “Chelsi” (5 marta), “Arsenal” (3 marta), “Liverpul” (2 marta), “Blekburn” (1 marta) va “Lester” (1 marta) qayd etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:48, 07.01.2026.
O'qildi: 2004 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик