Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Radamel Falkao «Milyonarios»ga qaytdi

Radamel Falkao «Milyonarios»ga qaytdi

Baho:
+ | -

Kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao «Milyonarios» jamoasiga qaytdi. Bu haqda Kolumbiya Primerasida ishtirok etuvchi klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi ushbu jamoa safida avval ham — 2024 yil yanvaridan 2025 yil iyuligacha to‘p surgan. Shundan so‘ng u shartnomasini uzaytirmagan holda erkin agent maqomida bo‘lib turdi, endilikda esa yana oq-ko‘klar safiga qaytdi. Falkao «Milyonarios» tarkibida jami 29 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, Radamel Falkao faoliyati davomida «River Pleyt», «Portu», «Atletiko» Madrid, «Monako», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Galatasaroy» va «Rayo Valyekano» jamoalarida ham to‘p surgan. 2007–2023 yillar oralig‘ida u Kolumbiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:45, 07.01.2026.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.