"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko oktyabr oyidan beri ilk bor gol urdi.
Sloveniyalik futbolchi APLning 21-turidan o‘rin olgan "Byornli"ga (2:2, ikkinchi bo‘lim) qarshi bahsda dubl qayd etdi. Bu 22 yoshli forvardning 4 oktyabrdan keyingi ilk gollari bo‘ldi - o‘shanda u "Sanderlend" darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Benyamin "Yunayted" safida 18-o‘yinini o‘tkazmoqda, uning hisobida 4 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.













