Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Flik qo‘l ostida "Barsa" necha bor yirik hisobda g‘alaba qozongan?

Flik qo‘l ostida "Barsa" necha bor yirik hisobda g‘alaba qozongan?

Baho:
+ | -

"Barselona" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik"ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu "blaugrana"ning Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi 87 o‘yindagi 28-yirik g‘alabasi bo‘ldi.

Nemis qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" uchinchi marta "Atletik"ni tor-mor etishdi - bungacha 3:0 va 4:0 hisoblari qayd etilgan.

Shuningdek, "Barselona" ikki marta "Real" (4:0, 5:2), "Sevilya" (5:1, 4:1) va "Jirona"ni (4:1, 4:1) ham dog‘da qoldirgan. "Valensiya" ustidan uchta yirik g‘alabaga erishildi (7:1, 5:0, 6:0).

Shuningdek, "Valyadolid" (7:0), "Vilyarreal" (5:1), "Yang Boyz" (5:0), "Alaves" (3:0), "Bavariya" (4:1), "Srvena Zvezda" (5:2), "Brest" (3:0), "Malyorka" (5:1, 3:0), "Barbastro" (4:0), "Betis" (5:1), "Real Sosyedad" (4:0), "Borussiya" D (4:0) va "Olimpiakos" (6:1) yirik hisobda mag‘lub etildi.

Flik "Barselona"ni o‘tgan yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda klub Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 03:08, 08.01.2026.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.