Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Gvardiola: «Husanov juda tezkor. U kombinasiyalarga ko‘proq qo‘shilish kerak»

Gvardiola: «Husanov juda tezkor. U kombinasiyalarga ko‘proq qo‘shilish kerak»

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Brayton"ga qarshi bahsda markaziy himoyada harakat qilgan Alleyn va Husanovning o‘yiniga baho berdi.

«Ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi! Husanov – juda ajoyib futbolchi. U orqaga uzatiladigan uzun to‘plar paytida bizga katta yordam berdi, butun qanot kengligini nazorat qila oladi! Juda tezkor… U hali o‘sib boradi, unga yanada jasoratli bo‘lish va o‘yin jarayoniga, kombinasiyalarga ko‘proq qo‘shilish kerak, ammo bu vaqt masalasi. Himoyada esa — yuqori daraja!

Maks kecha, undan oldingi kuni birinchi mashg‘ulotiga keldi… Albatta, u avval ham, bir-ikki yil oldin, biz jismoniy tayyor emas paytimizda ko‘p bor mashg‘ulotlarda qatnashgan.

Men Pessolano va Xavi Grasiyaga minnatdorchilik bildirib, rahmat aytmoqchiman, chunki ular uni futbolchi sifatida o‘sishiga juda katta yordam berganiga ishonaman…

U o‘tish fazalarida tezkor, to‘p bilan esa haqiqatan ham juda-juda ajoyib. Bir marta to‘pni yo‘qotdi, qolgan barchasi esa yuqori darajada edi! Rostdan ham juda yuqori! Afsuski, biz uning Premyer-ligadagi ilk debyutida g‘alabani taqdim eta olmadik. Ammo kelajakda u bunday debyutlarni yana ko‘p marotaba o‘tkazadi», — dedi Gvardiola.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:51, 08.01.2026.
O'qildi: 3614 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.