Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

JCH-2026da ofsayd sun’iy intellekt yordamida aniqlanadi

JCH-2026da ofsayd sun’iy intellekt yordamida aniqlanadi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyalari (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionatida ofsaydni aniqlash tizimini yanada takomillashtiradi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino The Guardian nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yangi tizim doirasida FIFA barcha futbolchilarning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan 3D nusxalarini ishlab chiqadi. Ushbu texnologiya yarim avtomatlashtirilgan ofsayd tizimiga futbolchilarning tana holatini aniqroq qayd etish imkonini beradi.

“Bu ofsaydni yarim avtomatik aniqlash texnologiyasi — oldinga tashlangan katta qadam. Tizim yanada sifatli tasvirlar, tezkor qarorlar va vaziyatni hammaga tushunarli tarzda ko‘rsatishni ta’minlaydi”, dedi Infantino.

Avvalroq Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) 2026 yil 20 yanvar kuni ofsayd qoidalariga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqishi xabar qilingan edi. Agar o‘zgarishlar ma’qullansa, yangi qoidalar 2026/27-yilgi mavsumdan boshlab kuchga kirishi mumkin.

Hozirgi qoidalarga ko‘ra, hujumchi futbolchining gol urish mumkin bo‘lgan istalgan tana qismi uzatma vaqtida raqib darvozasiga so‘nggi himoyachidan (darvozabonni ham qo‘shgan holda) yaqinroq bo‘lsa, ofsayd qayd etiladi. FIFA’ning global futbol rivoji bo‘yicha rahbari, “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger esa boshqa taklif bilan chiqqan: agar hujumchining gol urish mumkin bo‘lgan tana qismi so‘nggi himoyachi bilan bir chiziqda yoki undan orqaroqda bo‘lsa, bunday holat ofsayd hisoblanmasligi kerak.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Kanada, Meksika va AQSH maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:21, 08.01.2026.
O'qildi: 1452 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик