Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov: “Xudo xohlasa, «Andijon»ga ham chempionlikni niyat qilib keldim”

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov: “Xudo xohlasa, «Andijon»ga ham chempionlikni niyat qilib keldim”

Baho:
+ | -

Yangi mavsum uchun jiddiy vazifalar sari kurashishni ko‘zlagan «Andijon» shu niyatda tarkibini kuchaytirib bormoqda.

Aynan ushbu maqsadda taklif qilingan futbolchilardan biri Po‘latxo‘ja Xoldorxonov bo‘lib, 22 yoshli hujumchi kuni kecha jamoamiz bilan shartnoma imzoladi va iqtidorli hujumchi klub matbuot xizmati savollariga javob qaytardi.

— Po‘latxo‘ja, sizni «Andijon» a’zosiga aylanganingiz bilan muborakbod etaman. Shartnoma imzolandi va endi bu borada nimalarni ayta olasiz?

— «Andijon» jamoasini va jonkuyar muxlislarini hurmat qilaman va men bu jamoa a’zosi bo‘lganimdan xursandman.

— Ushbu variantdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

— Men har qanday chaqiruvga tayyor edim. Lekin variantlar orasida «Andijon» klubi menga ko‘proq yoqdi. Sababi — ashaddiy muxlislar va tajribali murabbiy.

— «Sho‘rtan» safida to‘purarlik mahoratingizni ko‘rsata oldingiz. Yangi mavsumda yanada o‘zgacha ishtiyoq sizda sezilyapti. Bu haqida nima deya olasiz?

— «Sho‘rtan» jamoasiga tez moslashib ketdim va men u yerda o‘zimni optimal formamga chiqa olmadim. Endi-endi optimal formamga chiqayotgan paytimda chempionat tugab qoldi. «Andijon» katta jamoa va bu yerda mas’uliyat ham ko‘proq, ayniqsa, ishqibozlar oldida. Xudo xohlasa, tez moslashib ketaman, deb o‘ylayman. Sababi bizda hali ikki oy vaqt bor va barcha bilan bir-birimizni tezroq tushunib ketamiz, deb umid qilaman.

— Oxirgi marta «Paxtakor» bilan chempionlikka erishgandingiz. Yana medallarni sog‘indingizmi?

— Albatta, men yoshligimda ko‘plab musobaqalarda chempionlikni qo‘lga kiritganman va yosh bo‘lishimga qaramasdan Osiyo chempioni, O‘zbekiston chempioni bo‘lish nasib qilgan. Xudo xohlasa, «Andijon»ga ham chempionlikni niyat qilib keldim.

— «Andijon»dagi o‘zgarishlarni ko‘rib turibsiz va bu boradagi munosabatingiz bizga qiziq…

— Bu juda ham quvonarli va menga faqat motivasiya beryapti. Ayniqsa, 2026-yilni Andijon viloyati hokimi aytganidek, Andijonda futbol yili qilamiz, deganlari ajoyib. Muxlislar ham yildan-yilga kuchayib borayotganligi meni quvontiradi.

— Ushbu taklifni tanlashingizda sizga asosiy turtki bo‘lgan jihat nimadan iborat bo‘ldi?

— Ushbu taklifni qabul qilishimga asosiy turtkilardan biri bu tajribali murabbiy va chempionlikka bo‘lgan intilish. Shuningdek, albatta, «Ultras Burgut». Men «Bobur arena»da ularning qo‘llab-quvvatlashlarini sabrsizlik bilan kutib qolaman va o‘ylaymanki, muxlislarni va jamoani o‘zimning gollarim bilan xursand qilaman. Olg‘a «Andijon», olg‘a «Ultras Burgut».

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 18:35, 08.01.2026.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.