Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Filip Ivanovich: «O‘zbekiston daromad masalasida Ozarbayjondan oldinda»

Filip Ivanovich: «O‘zbekiston daromad masalasida Ozarbayjondan oldinda»

Baho:
+ | -

Ozarbayjonning «Sabah» futbol klubi sobiq sardori, hozirda esa O‘zbekistonning «So‘g‘diyona» jamoasi himoyachisi Filip Ivanovich azerisport.com saytiga bergan intervyusida savollarga javob qaytardi.

— Siz yarim yildan beri «So‘g‘diyona»da to‘p suryapsiz. Umuman olganda, hozir O‘zbekiston Premyer-ligasining darajasi qanday? So‘nggi mavsumda «Neftchi» chempion bo‘ldi. Raqobat yuqorimi?
— Ha, men o‘tgan mavsumdan beri «So‘g‘diyona»daman… Yana bir yillik shartnomam bor. Bu yerda 4–5 ta klub chempionlik uchun teng kurash olib bormoqda, aniq favorit yo‘q. Chempionat yuqori saviyada o‘tmoqda. Klublar stadionlar, infratuzilma, tashkilotchilik va asosiy jamoalarga jiddiy sarmoya kirityapti. Agar milliy terma jamoaning 90 foiz futbolchilari mahalliy ligada o‘ynayotganini, shuningdek, termaning jahon chempionatiga chiqqanini va reytingdagi o‘rnini hisobga olsak, bu liganing qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatadi.

— Ozarbayjonda o‘tgan yildan legionerlar limiti bekor qilindi va mahalliy futbolchilar bundan norozi. O‘zbekistonda esa mahalliy kadrlar ko‘proq o‘ynaydi. Sizningcha, limitning yo‘qligi Ozarbayjon futboli rivojiga yordam beradimi?
— Hammasi klublar bu qoidaga qanday yondashishiga bog‘liq. Agar sifatli legionerlar taklif etilsa, liga darajasi, albatta, oshadi. Lekin klublar eng katta qimmat — mahalliy futbolchilar ekanini tushunishi kerak. Chunki jamoaning ichki muhiti aynan ularga tegishli, ular klub oldida nafaqat moliyaviy, balki ma’naviy javobgarlik hamni o‘z zimmasiga oladi. Men doimo aytaman: chempionlik yaxshi mahalliy futbolchilar bilan qo‘lga kiritiladi, yaxshi legionerlar bilan emas. Agar qoida to‘g‘ri qo‘llanilsa, bu yomon qaror emas.

— So‘nggi paytlarda Ozarbayjon klublaridan takliflar bo‘ldimi? Ozarbayjonga qaytish haqida o‘yladingizmi?
— Rostini aytsam, hech bir klub bilan transfer bo‘yicha muzokara olib bormaganman. «Sabah»ni tark etganimdan so‘ng klub bilan aloqam faqat shaxsiy tusda, chunki u yerda umrbod do‘stlar orttirdim va ozarbayjonliklarni menga juda ko‘p mehr bergan insonlar sifatida doim eslab qolaman. Kelajagim va muzokaralar masalasida esa men har doim «Sabah»ni birinchi o‘ringa qo‘yaman, chunki aynan shu klubda men futbolchi va inson sifatida shakllandim.

— Qayerda ko‘proq pul ishlash mumkin — O‘zbekistondami yoki Ozarbayjonda?
— Bu borada O‘zbekiston oldinda. Ozarbayjonda katta byudjetli 3–4 ta klub bor, O‘zbekistonda esa kamida 10 ta klub shunday imkoniyatga ega. Osiyoda bu jihatdan vaziyat biroz boshqacha: jamoalar soni ko‘p, tashkilotchilikka esa kamroq e’tibor qaratiladi.

— Ilgari siz sardor bo‘lgan «Sabah» Ozarbayjon Premyer-ligasida mavsumning birinchi yarmidan keyin yetakchilik qilmoqda. Asosiy raqib «Qarabog‘» — Chempionlar ligasi ishtirokchisi ekanini hisobga olsak, bu sizni hayratlantirdimi? Va sizcha, «Sabah» bu mavsum chempion bo‘la oladimi?
— Bu holat meni juda xursand qildi. Bu klub yildan-yilga o‘sib borayotganini anglatadi. Men sizga aytganman: «Sabah»ning chempion bo‘lishi — bu faqat vaqt masalasi. Klub yaxshi tashkil etilgan, prezident, direktor va rahbariyat tomonidan a’lo darajada boshqariladi. Ular bir oiladek ishlaydi — bu eng muhim jihat. «Qarabog‘» va bosh murabbiy Qurbon Qurbonovni Ozarbayjon futbolini xalqaro maydonda munosib namoyon etayotgani bilan tabriklayman. Hozir «Qarabog‘» haqida katta hurmat bilan gapirishmoqda. Chempionat oxirigacha kutilmagan tarzda kechadi. Albatta, men «Sabah» chempion bo‘lishini istayman.

— O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqdi. Buni qanday uddaladi? Ozarbayjon terma jamoasi ham bunga erisha oladimi? Yoki buning uchun yaxshiroq infratuzilma, akademiyalar, yoshlar bilan ishlash kerakmi? Legionerlar limitini joriy etish zarurmi?
— O‘zbekistonda fantastik avlod bor, ular saralashni ajoyib o‘tkazib, jahon chempionatiga munosib tarzda yo‘llanma oldi. O‘zbekistonda futbol jadal rivojlanmoqda, buni Fabio Kannavaroni bosh murabbiy etib tayinlash ham tasdiqlaydi. Albatta, akademiyalar va yoshlar bilan ishlash — katta loyiha qurishning boshlang‘ich bosqichidir. Biz legionerlar limitini bekor qilish yoki kengaytirish haqida emas, balki klublar mahalliy futbolchilardan qanday foydalanayotgani haqida gapirishimiz kerak. Klubning vijdoni va javobgarligi — iqtidorli va yosh mahalliy futbolchilarga ishonch bildirishdadir. Legionerlar esa yordam berish uchun kerak. «Sabah»da men Baxlul Mustafazade bilan birga o‘ynaganman. U men bilan birga o‘rgandi, tajriba orttirdi. Natijada hozir u Chempionlar ligasida, men esa Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynayapman. Baxlul katta klub futbolchisiga aylandi, shuning uchun u terma jamoangizning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi.

— Sizningcha, nega xorijiy klublar Ozarbayjon futbolchilariga qiziqish bildirmayapti, o‘zbek futbolchilari esa turli mamlakatlarda to‘p suryapti?
— Bu bozor qonuni: ular katta yutuqlarga erishgan mamlakatlar futbolchilarini izlaydi. Ozarbayjon terma jamoasi yirik turnirga chiqqach, mahalliy futbolchilarga bo‘lgan qiziqish qanchalik oshishini o‘zingiz ko‘rasiz.

— Bilasiz, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati (U-20)ni Ozarbayjon va O‘zbekiston hamkorlikda qabul qiladi. Bu har ikki mamlakatda futbol ommalashuviga foyda keltiradimi?
— Albatta, bu har ikki mamlakat uchun juda foydali. Ikki davlatni ham yaxshi bilgan holda ayta olamanki, tashkilotchilik yuqori darajada bo‘ladi. Shu sabab, kelajakdagi yosh jahon yulduzlari aynan shu yerda kashf etilishiga umid qilaman.

Yusuf Aliyev suhbatlashdi.

Manba: azerisport.com
Kiritildi: 21:15, 08.01.2026.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.