Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi tarkibi yangilandi

O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi tarkibi yangilandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston erkaklar va ayollar shaxmat terma jamoasi tarkibi yangilandi. Bu haqda shaxmat federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

8 yanvar, payshanba kuni mamlakat milliy terma jamoalari murabbiylar kengashining qarori asosida yaqinlashib kelayotgan xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoalarning yangilangan tarkibi e’lon qilindi.

“Shaxmat sport turida ichki va xalqaro musobaqalar taqvimi nihoyatda zich ekani, raqobat darajasi yuqoriligi, shuningdek, O‘zbekiston shaxmat federasiyasi tomonidan sog‘lom raqobat va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida belgilangan tartibga ko‘ra, milliy terma jamoalar tarkibi har to‘rt oyda yangilanadi”, deyiladi xabarda

Unga ko‘ra, erkaklar terma jamoasida ham, ayollar terma jamoasida ham uchtadan tarkib shakllantirilgan. Har bir tarkibdan 5 nafardan shaxmatchi joy olgan. Sportchilarni tarkiblarga joylashtirishda ularning FIDE reytingi hamda oxirgi natijalari hisobga olingan.

Erkaklar terma jamoasi

1-tarkib:
Nodirbek Abdusattorov (2751)
Javohir Sindarov (2726)
Nodirbek Yakubboyev (2691)
Shamsiddin Vohidov (2644)
Muhiddin Madaminov (2567)

2-tarkib:
Abdulmalik Abdusalimov (2560)
Jahongir Vohidov (2516)
Ortiq Nig‘matov (2459)
Muhammadzohid Suyarov (2449)
Saidakbar Saidaliyev (2440)

3-tarkib:
Humoyun Bekmuratov (2429)
Bahrom Bahrillayev (2427)
Almas Rahmatullayev (2394)
Davron Sharipov (2381)
Asrorjon Omonov (2353)

Ayollar terma jamoasi

1-tarkib:
Afruza Hamdamova (2403)
Gulruhbegim Tohirjonova (2363)
Umida Omonova (2334)
Guldona Karimova (2323)
Madinabonu Halilova (2287)

2-tarkib:
Nilufarxon Imomqo‘ziyeva (2232)
Nilufar Yoqubboyeva (2195)
Asal Salimova (2177)
Marjona Malikova (2081)
Shohina Ahmedova (2056)

3-tarkib:
Maftuna Bobomurodova (2044)
Ozoda Shahzodova (2044)
Zilola Aktamova (2032)
Ruqiya Olimova (2021)
Mumtozbegim Mansurova (2020)

Ma’lumot uchun, 2026-yilda O‘zbekiston 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi. 2022-yilning 31 iyul 9 avgust kunlari Hindistonning Chinnay shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro shaxmat federasiyasi kongressida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda FIDEning navbatdagi kongressini 2026 yil O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2026 yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladigan shaxmat olimpiadasi sifatida tarixda qoladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:40, 09.01.2026.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.