"Istanbul Bashakshehir" qishki tanaffusdan foydalangan holda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda.
Jamoa bugun Xorvatiyaning "Osiyek" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bahsda istanbulliklarning yagona goliga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.
O‘yin yopiq tarzda o‘tkazilgani sababli jamoalarning tarkiblari bo‘yicha ma’lumot yo‘q.













